VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

14 Yanvar 2009 

Bugun Amerika Ovozida :

45 tilda xabarlar
AQSh va Rossiya yadro qurollarini cheklash yo'llarini izlamoqda

28/11/2008

Barak Obama ma'muriyati oldida turgan dolzarb vazifalardan biri Rossiya bilan Strategik qurollarni kamaytirish bitimi yuzasidan muzokara olib borishdir. Bitimning amal qilish muddati 2009 yil dekabrida tugaydi. 

Hujjatning inglizcha qisqartmasi START, ruschasi esa SNV deb ataladi. Start yoki SNV-1 bo'yicha ilk muzokaralar o'tgan asrning 80-yillarida olib borilgan. Bitim amaldagi prezident Bushning otasi va Sovet rahbari Mixail Gorbachyov tomonidan 1991 yili imzolanib, uch yil o'tgach kuchga kirgan.

Unga ko'ra tomonlar uzoq masofali yadro qurollarini olti mingdan, yadro bombalarni suv, havo va quruqlik orqali yetkazuvchi strategik vositalar sonini esa 1,600 dan oshirmasligi kerak.

Qurollarni nazorat etuvchi xususiy tadqiqot uyushma rahbari Deril Kimbolning aytishicha, bitimga ko'ra har bir davlat majburiyatlar qanday bajarilayotgani haqida bir-birini nazorat qilishi, hamkor tomon yadro qurollari joylashgan qurilmalarni ko'zdan kechirishi mumkin.

Kimbolga ko'ra, bu juda ham muhimdir.

"Agar bir-birini nazorat qilish mexanizmi bo'lmasa, AQSh razvedkasiga ish ko'payardi. Razvedka terrorga qarshi urushdan chalg'igan bo'lardi. So'nggi 20 yil ichida Rossiyaning texnologik razvedka tizimi ancha oqsagani bois, ular AQSh tasarrufidagi strategik qurollar haqida aniq ma'lumotga ega emas." 

Vashington va Moskva shu paytgacha shartnomaga amal qilib kelgan. Agar yangilanmasa, kelasi yil 5 dekabrida kuchini yo'qotadi.

Tomonlar so'nggi yillar davomida yangi bitim bo'yicha muzokara olib borishga harakat qilgan, ammo samarasiz. Mutaxassislarning aytishicha, rasmiy Vashington bitim yumshoqroq bo'lsin deydi, Kreml esa tomonlar unga so'zsiz amal qilishini istaydi.

Oq Uyga Barak Obama kelar ekan, masalani hal qilish uning zimmasida bo'ladi.

Kolumbiya universitetining Rossiya bo'yicha mutaxassisi Robert Legvold nazarida START-1 ni yangilash juda muhim.

"Agar bitim yangilanmasa yoki uning o'rnini boshqa hujjat egallamasa, qurollarni nazorat qilish rejimi yo'qoladi. Bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi," deydi u.

Qurollar nazorati bo'yicha Minnesota universiteti eksperti Stiv Andrisen nazarida Obama ma'muriyati masalaga turlicha yondashishi mumkin. Masalan, bitim yangilanmasligi yoki uni besh yilga uzaytirish mumkin. Yana bir yo'li - muzokaralarni davom ettirish.

"Mana shu uch variantdan har ikki tomon uchun ma'qul keladigani - bitimni besh yilga uzaytirish. Bu o'rtada esa muloqotni davom ettirish va kerak bo'lsa, bitimni yangilash mumkin."


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu

  Boshqa xabarlar